Mazkur memorandumlar mahalliy sanoatni rivojlantirish, biznesni qo’llab-quvvatlash, innovatsiyalarning markazi sifatida mahalliy iqtisodiyot rivojiga hissa qo’shib kelmoqda. Shuningdek, korxonalar, universitetlar, ilmiy tadqiqot institutlari hamkorligini ham ta’minlaydi. Koreya Respublikasi va O’zbekiston texnoparklari o’rtasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, axborot almashish, ikkala mamlakat uchun eksport faoliyatini soddalashtirish va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ma’muriy qo’llab- quvvatlash o’rin olgan.