INNO innovatsion o'quv ishlab chiqarish texnoparkida Toshkent menejment va iqtsodiyot instituti tomonidan “Biznesni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotni raqamlashtirish: muammolar, yechimlar va xorijiy tajriba” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Tadbirni Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Otabek Mahkamov ochib berdi.Texnopark bosh direktori Mansur Sultanov ushbu anjumanning mavzusi bugungi kunda dolzarb ekanligini ta'kidlab o'tdi. Anjumanda zamonaviy marketing konsepsiyalari asosida iqtisodiyotni rivojlantirish; - biznes taraqqiyotida innovatsion menejmentning tutgan o'rni; - moliya va soliq sohasidagi muammolar, yechimlar va xorijiy tajribalar; - buxgalteriya hisobini rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish; - biznesni boshqarish va iqtisodiyot sohasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi, ma'ruzalar amalga oshirildi.