Nov. 1, 2024, 9:05 a.m. 202
Yangiliklar
Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

“Inno” innovatsion oʻquv-ishlab chiqarish texnoparki hamda Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlarni tayyorlash boshqarmasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi (https://gov.uz/oz/mudofaa/news/view/26006). Mazkur memorandumga harbiy sohadagi loyihalar, harbiy muhandislik, IT-dasturlash hamda raqamli texnologiyalar va robototexnika sohasida, shuningdek, Oʻzbekistonda IT-dasturlash va mamlakatimizning mudofaa salohiyatini yuksaltirishga hissa qoʻshadigan taʼlim sohasi yo‘lida olib boriladigan hamkorlik masalalari kiritilgan. Imzolangan memorandum harbiy muhandislik, harbiy texnikalarni modernizatsiya qilish, yangi tipdagi zamonaviy qurol-aslaha modellarini yaratish sohasini rivojlantirish yo‘lida xizmat qiladi.